Biz avvalo tishni saqlab qolishga harakat qilamiz. Agar saqlashning iloji bo‘lmasa, tish zamonaviy anesteziya yordamida og‘riqsiz va ehtiyotkorlik bilan olib tashlanadi.
Qachon kerak
- Tish butunlay yemirilgan bo‘lsa
- Noto‘g‘ri o‘sgan yoki chiqmagan aql tishi
- Ortodontik davolash uchun
- Davolab bo‘lmaydigan yallig‘lanish
Tish olingandan keyin uning o‘rnini implant bilan tiklash mumkin.